Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ilk bor egilgan umurtqa operatsiya qilindi
Foto: KUN.UZ
Kuni kecha Namangan viloyatida birinchi marta, egilgan umurtqa pog‘onasi to‘g‘rilandi. Buning uchun to‘rt soatlik ortopedik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidagi manba xabar berdi.
Qayd etish joiz, hozirgi vaqtga qadar shunday murakkab operatsiya faqatgina Toshkent shahrida amalga oshirib kelinardi. Yuksak tibbiy mahorat va o‘ziga xos mas'uliyat talab etadigan ishga viloyat ko‘p tarmoqli tabbiyot markazida qo‘l urildi. Uni ushbu tibbiy markaz bosh vrachi, tibbiyot fanlari nomzodi Zafar Xolov hamkasblari bilan birgalikda sharaf bilan uddaladi.
Uychilik 20 yoshli bemor Mahbuba Yunusova hushiga kelganida, uning yaqinlari ko‘p yillik orzu-umidlari ro‘yobga chiqqanidan ko‘zlarida sevinch yoshlari balqidi, dil so‘zlarida minnatdorlik tilaklari ko‘chdi. Chunki, endilikda Mahbuba bukkayib emas, balki tengqurlari qatori qaddini tik tutib yurish baxtiga sazovor bo‘lgan edi.
Ayniqsa, bu quvonchli voqeadan hammadan ko‘ra ham Mahbubaning onasi Marg‘uba Isroilova behad mamnun. Opaning aytishicha, qizi maktabning to‘rtinchi sinfida o‘qiyotgan payti shu holat boshlangan. Harakat -tayanch organlarida salbiy o‘zgarishlar kuchaygan. Qiz bolaning qaddi-qomatidagi nuqson uni ham ozorlaydi, ham o‘ksitadi. Shu sababli Mahbuba boshqa dugonalari singari sog‘lom bo‘lishini judayam orzu qilardi. Yetti yillik uqubat ortga chekindi.
Darvoqe, nabirasi bilan diydorlashish uchun yetib kelgan salkam yuz yoshli bobosi G‘ulomjon ota Isroilov palataning o‘zida duoga qo‘l ochib: «Mahbubaning chehrasi ochilganiga Allohga ming shukur! Xalqi salomatligini o‘ylab, poytaxtdan zo‘r do‘xtirlarni viloyatlarga ishga yuborgan Prezidentimizga katta rahmat!», deya dil so‘zlarini izhor qildi.
Mavzuga oid
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
22:57 / 23.12.2025