«Özneftmahsulot» kompaniyasi import xom-aşyosidan işlab çiqarilgan benzin narxini navbatdagi marta oşirdi. AI-95 litri qariyb 11 foizga qimmatlaşdi – bir litr uçun 7200 sömgaça, deb yozadi Autostrada.uz.
Avvalroq, 2017 yilning noyabrida neft mahsulotlari bozorini isloh qiliş va liberallaştiriş amalga oşirildi hamda AI-95 bir litr uçun deyarli ikki barobarga oşdi - 6500 sömgaça.
Bozorni liberallaştiriş jarayonida yuridik şaxslar birja savdolarida yonilği sotiş va sotib oliş imkoniyatiga ega bölişdi.
Bundan taşqari, Özbekiston korxonalari 2020 yil 1 yanvarga qadar mulkçilik şakli va foydalaniş maqsadidan qat'i nazar, uglevodorod xom aşyosi importi uçun bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) ozod etildi.
Qöşimça tarzda, «Özneftmahsulot» AJ korxonalari işlab çiqarişni rivojlantiriş uçun ajratilgan mablağlarning maqsadli yönalişi bilan daromad soliğini tölaş böyiça imtiyozlar oldi.
Davlat bozorni töldiriş va işlab çiqariş hajmini oşiriş uçun şaroit yaratdi. Regulyativ ta'sir kamaytirildi va benzinni «tijorat» narxlarida sotişga ruxsat berildi.
«Özneftmahsulot» AJ oşirilişga şunday izoh bergan: «Ayni paytda real narxlar oşib ketdi, mahsulot tannarxi qimmatlaşdi, bu jahon bozoridagi narxlarga boğliq».
Maqola tayyorlanayotgan paytda Brent markali neft barreli aprelda yetkazib berilişi bilan bilan 64,5 dollar turibdi. Ötgan yilning noyabr-dekabrida ham xuddi şu darajada (barrel uçun 62-65 dollar) narx bölgan.
Yanvar oyida neft fyuçerslari qisqa muddat davomida bir barrel uçun 70 dollardan oşdi.
Demak, yanvar oyida neft narxi 7,5 foizga oşgani tufayli Özbekistonda AI-95 narxi 11 foizga oşdi. Şunday qilib narxlarga nafaqat neft fyuçerslarining özgaruvçanligi, balki kompaniyaning oşkor etmayotgan boşqa omillari ham ta'sir körsatgan.
Avvalroq, iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev benzin narxining ösişi sohadagi yöqotişlar tufayli yuz berganini tan olgandi.
Eslatib ötamiz, soha islohoti davomida avtomobil benzini va boşqa turdagi yoqilğiga bölgan talablarning umumiy texnik reglamenti qabul qilindi. Bu Özbekistonda benzin yangi sifat standartlariga mos kelişiga olib keladi.



















