O‘zbekiston | 12:51 / 20.02.2018
8025
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi 2017 yilda 30 foizdan oshib ketdi

Foto: Proved

Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 2017 yilda 30%ga ko‘paygan. Bu haqda «Proved» nashri ma'lum qildi.

Yil davomida MDHning deyarli barcha davlatlari bilan savdo hajmi ortdi. Qirg‘iziston bilan - 31,6%, O‘zbekiston bilan - 33,9%, Ozarboyjon bilan - 34,5%, Armaniston bilan - 29%ga.

MDH mamlakatlari orasida asosiy savdo sherigi hamon Belarusdir. Yil yakunlari bo‘yicha ushbu davlat bilan savdo hajmi 26 foizga o‘sib, 30,2 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, eksport hajmi 29,2 foizga o‘sdi - 18,4 mlrd dollargacha, import esa 21,2%ga - 11,8 mlrd dollargacha.

Qozog‘iston MDH davlatlari orasida ikkinchi yirik savdo sherigi. Mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2017 yil yakunlari bo‘yicha 30 foizga oshdi – 17,2 mlrd dollargacha. Qozog‘istonliklar Rossiyadan metallar, neft, mashinalar va uskunalar, kimyoviy moddalarni xarid qilmoqda, evaziga esa neft mahsulotlari, metalloprokat, mis, noorganik kimyo mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

Ukraina bilan savdo alohida e'tiborga loyiq. Ko‘plab o‘zaro taqiqlar va MDH doirasida erkin savdo zonasidan chiqilishiga qaramay, Ukraina bilan savdo o‘tgan yili 2016 yilga nisbatan to‘rtdan bir qismga o‘sdi – 12,9 mlrd dollargacha.

Turkmaniston esa istisnoga aylandi. Yil davomida u bilan savdo juda past darajaga tushib ketdi. Tashqi savdo aylanmasi 52,5 foizga kamayib, 428 million dollarni tashkil etdi. Eksport 30,7 foizga kamayib, 343,8 million dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, import esa 74,5 foizga - 84,4 million AQSh dollariga qadar. Importning keskin pasayishi, birinchi navbatda, plastmassa, mineral yoqilg‘i va to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berishga o‘z ta'sirini o‘tkazdi.

Mavzuga oid