AQŞning amaldagi prezidenti Donald Tramp AQŞ prezidentlarining har yilgi reytingida oxirgi örinni egalladi. Uşbu reyting siyosatşunos olimlar fikrlari asosida tuziladi.
Xyuston universiteti va Boys universiteti mutaxassislari Amerika siyosiy fanlar uyuşmasining prezident seksiyasi a'zolari hisoblangan 170 nafar mutaxassis örtasida sörovnoma ötkazişdi. Ulardan AQŞning barça prezidentlarining tarixda tutgan örinlarini 0 dan 100 ballgaça şkala böyiça baholab çiqiş söralgan.
Sörovnomaga köra, reytingga 100 balldan 95,03 ball töplagan Avraam Linkoln yetakçilik qilmoqda. Uning ortidan 92,59 ball bilan AQŞning birinçi prezidenti Jorj Vaşington, söngra Franklin Delano Ruzvelt, Teodor Ruzvelt, Tomas Jyefferson, Garri Truman, Duayt Eyzenxauer kelmoqda.
Birinçi 7 örin sörovnoma ötkazilişi boşlangan 2014 yildan beri özgarişsiz qoldi. 8-örinni 71 ball bilan Barak Obama egalladi va u ötgan yilgi reytingga nisbatan 10 poğonga yuqorilagan.
Amaldagi prezident Donald Tramp 12,34 ball bilan oxirgi örinni egalladi va AQŞ tarixidagi eng nomaşhur prezident deb topildi. Tramp odatda faoliyati tarixçilar tomondan salbiy baholanadigan sobiq prezidentlar Jyeyms Byukenen, Uilyam Genri Garrison va Franklin Pirsdan ham ança ortda qolgan.
2017 yil 18 dekabrda Tramp öz rafiqasi Melanya Trampdan ham nomaşhurroq ekani ma'lum bölgan. Sentyabrda esa Trampning reytingi 71 yil içidagi rekord darajadagi past körsatkiçlarga tuşib ketgan. Söralganlardan 66 foizi Tramp davlatni birlaştirişdan köra uning tavofutlanişiga köproq hissa qöşgan, degan fikr bildirişgan.
AQŞda fevral oyining 3-duşanbasi “Prezidentlar kuni” sifatida nişonlab kelinadi.

















