09:30 / 20.02.2018
13891

Video: Gvardiola raqib jamoa murabbiyi bilan janjallashdi

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Kubogi doirasida «Uigan»ga qarshi kechgan o‘yin tanaffusida raqib jamoa bosh murabbiyi Pol Kuk bilan janjallashdi.

Murabbiylar tanaffusga hakam hushtagi yangrashidan avvalroq maydon chetida munozara boshlashgandi. Bu janjal «shaharliklar» yarim himoyachisi Fabian Delf Maks Pauerga ishlatgan folidan keyin qizil kartochka olishi ortidan kelib chiqdi.

Tomonlar munosabatlarga oydinlik kiritish jarayonini tribunalar ostidagi yo‘lakda ham davom ettirishgan. «Siti» murabbiylar shtabi vakillari ularni bazo‘r ajratib qolgan.

 

Top