Marhamat tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalarini 2017 yil uchun ajratilgan byudjyet mablag‘lari jami 7 mlrd. 60 mln. 725 ming so‘mni tashkil qilgan. Shu jumladan 1 guruh ish haqi xarajatlariga jami 4 mlrd. 259 mln. 992 ming so‘mni, 2 guruh ish haqidan ajratma xarajatlari 1 mlrd. 45 mln. 393 ming so‘mni, 4 guruh boshqa xarajatlarning rejasi 1 mlrd. 301 mln. 632 ming so‘mni tashkil etgan. 4 guruh xarajatlarida oziq ovqat xarajatlariga 561 mln. 852 ming so‘m, yumshoq jihozlar sotib olish uchun 81 mln 335 ming so‘m, mebel jihozlarini sotib olish uchun 63 mln so‘m, kommunal soha xarajatlariga 53 mln 412 ming so‘m, dori darmon xarajatlari 6 mln 230 ming so‘mni tashkil etgan. Bundan maktabgacha ta'lim muassasalarini joriy ta'mirlash xarajatlariga  214 mln 256 ming so‘m, zamonaviy qozonlar o‘rnatish va issiqlik tizimini mukammal ta'mirlash xarajatlariga jami 321 mln. 547 ming so‘m mablag‘lar ajratilgan.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ-3231-sonli “Ta'lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmi xamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-3305-sonli O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qarori ijrosini ta'minlash va maktabgacha ta'lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘rsida”gi qarori bilan tasdiqlangan davlat byudjyeti parametrlariga xamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yilning 10 yanvaridagi № AK/112-03-34-14/75 sonli xatiga muvofiq Marhamat tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi hamda uning tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalarining 2018 yil uchun ajratilgan byudjyet mablag‘lari jami 8 mlrd. 333 mln. 865 ming so‘mni tashkil qilgan. Shu jumladan 1 guruh ish haqi xarajatlariga jami 5 mlrd. 51 mln. 865 ming so‘mni, 2 guruh ish haqidan ajratma xarajatlari 1 mlrd. 262 mln. 966 ming so‘mni, yoki 2017 yilda tasdiqlangan byudjyet ko‘rsatkichlariga nisbatan har ikkala xarajat moddalari bo‘yicha 18 foizga orttirib rejalashtirilishi ko‘zda tutildi. 4 guruh boshqa xarajatlarning rejasi 2 mlrd. 19 mln. so‘mni tashkil etadi yoki 2017 yilda 4 guruh xarajatlari uchun rejalashtirilgan mablag‘larga nisbatan jami 60 foizga orttirib rejalashtirilishi belgilangan. Shuningdek oziq ovqat mahsulotlari sotib olish uchun 2017 yilda jami  561 mln. 852 ming so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlar 2018 yilda bir yarim barobarga ko‘p rejalashtirilish belgilab olingan. Ta'lim muassasalarining joriy ta'mirlash xarajatlariga 2017 yilda 214 mln 256 ming so‘m mablag‘ rejalashtirilgan, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 515 mln so‘mga yoki o‘tgan yilga nisbatan ikki yarim barobar ko‘p miqdorida rejalashtirilishi ko‘zda tutilgan xuddi shuningdek zamonaviy qozonlar o‘rnatish xamda isitish tizimini mukammal ta'mirlash xarajatlari uchun 2017 yilda 321 mln. 547 ming so‘m mablag‘ rejalashtirilgan bo‘lib 2018 yilda bu ko‘rsatkich ikki barobarga yoki 524 mln. so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.