NASA mutaxassislari kosmik skafandrning yangi modelini işlab çiqişmoqda, u hayot faoliyati çiqindilarini yöqotiş tizimi bilan jihozlanadi. Space.com naşrining xabar berişiça, bunday tizim “Apollon” dasturi doirasida Oyga ekspeditsiyalarda işlatilgan skafandrlarda qöllangan.
“Orion ekipaji hayot faoliyatini ta'minlaş uçun kostyum” nomini olgan yangi skafandr Amerikaning Orion yangi kosmik kemasida Oyga parvozlar vaqtida işlatilişi mumkin. U şunday loyihalaştirilmoqdaki, ekipaj kabina germetikligi buzilganda ham olti sutka davomida skafandrlarda işlaşni davom ettira oladi.
“Bu ança uzoq vaqtdir, - deya ma'lum qildi skafandr içki tizimlarini işlab çiqiş dasturi rahbari Kirstin Jonson. – Bu muddat davomida skafandrda böliş, ayniqsa bunda yoningda hayot faoliyati çiqindilari bölsa, oson iş emas”.
Hozirda amerikalik astronavtlar ikki turdagi skafandrdan foydalanadi – bittasi startda kiyiladi, ikkinçisi esa – oçiq koinotga çiqilganida. Har ikki skafandr “namlikni maksimal darajada öziga tortib oluvçi vositalar” bilan jihozlangan. Astronavtlar ularda töqqiz soatgaça qolişi mumkin.













