20 fevral kuni Özbekistonning 40 yoşli fuqarosi Rahmat Oqilov Stokholmdagi sud oldida javob berdi va öziga qöyilgan ayblovlarni tan oldi. Mahalliy The Local naşrining xabar berişiça, Oqilov sudda yuk maşinasini olib qoçişi va odamlarga uni haydab borişidan közlangan asosiy maqsad – «Şvetsiya fuqarolarini öldiriş» bölganini ma'lum qilgan.
Stokholmdagi sudga seşanba kuni olib kelingan özbekistonlik 40 yoşli Rahmat Oqilov Şvetsiya poytaxtida 2017 yilning 7 aprel kuni sodir etilgan teraktni amalga oşirganlikda ayblanmoqda. Oqilov Stokholm markazidagi Drottninggatan köçasida odamlarni bosgança 550 metr yurib ötgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, hujum oqibatida 15 kişi yaralangan, 5 kişi halok bölgan.
«Men Şvetsiya xalifalikka qarşi kuraşni töxtatişini xohladim. Ular harbiy hududga askarlar yuborişni, uruşga mablağlar ajratişni bas qilişlarini istagandim», - deya Rahmat Oqilovning sözlarini keltiradi Şvetsiyaning The Local naşri.
Oqilov körsatma berib, qilgan işidan puşaymon emasligini oşkora körsatgan. «Men sodir etgan işimdan közlangan maqsad – men NATO koalitsiyasi bombardimonidan jabrlanganlar bilan yuragim hamda qalbim bilan birga ekanimni körsatib beriş edi», - deya aytib ötgan Oqilov.
Avvalroq Oqilov IŞID terrorçilik guruhiga sodiqlik keltirganini tan olgandi. Biroq ekstremistik taşkilot ötgan yili Stokholm markazida sodir bölgan terakt uçun mas'uliyatni öz zimmasiga olmadi. Tergovning körsatişiça, Rahmat Oqilovning terakt vaqtidagi xatti-harakatlarini Suriyada bölgan tojik jangarilari boşqarib turgan, Oqilovning yöriqçilari orasida doğistonlik şaxs ham bölgan.
Sudning birinçi kuniyoq prokurorlar Rahmat Oqilov uçun umrbod qamoq jazosini söraşdi. Şvetsiyada umrbod ozodlikdan mahrum etiş muddati turliça bölişi mumkin, biroq örtaça u 16 yilni taşkil etadi. Kutilişiça, Oqilov işi böyiça sud may oyiga qadar davom etadi, hukm esa iyunda çiqariladi.

















