Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya neft va gaz olishda AQSh va Saudiya Arabistoniga yetakchilikni boy beradi
Rossiya energiya zaxiralarining dunyodagi eng yirik eksportchisi hamda neft va gaz ishlab chiqaruvchi ikkinchi davlat bo‘lib qoladi. Rossiya kuniga 9 mln barrel neft va 36 mlrd kubmetr gaz eksport qiladi. Bu haqda British Petroleum kompaniyasining “Dunyo energetikasining 2040 yilgacha rivojlanish prognozi” deb nomlangan bayonotida aytilgan. Rossiya jahondagi neft va gaz ishlab chiqarilishi hajmining 14 foizini ta'minlaydi.
Rossiya 2040 yilga kelib suyuq uglevodorodlar qazib olish bo‘yicha AQSh va Saudiya Arabistoniga yetakchilikni boy beradi. 2017 yilda Rossiya bu borada 1-o‘rinda, Saudiya Arabistoni 2-o‘rinda va AQSh 3-o‘rinda bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, Rossiya 2040 yilda kuniga 13 mln barrel neft oladi, hozirda bu ko‘rsatkich 10,9 barrelni tashkil qiladi.
Rossiya 2040 yilga kelib gaz olish bo‘yicha AQShdan keyin 2-o‘rinni egallaydi. Bunda AQShning dunyo bo‘yicha gaz olish hajmidagi ulushi 24 foizni, Rossiyaniki 14 foizni tashkil qiladi. Rossiya kompaniyalari gaz ishlab chiqarishni kuniga 72 mlrd kubmetrga yetkaza olishadi.
Umuman olganda neftga talab ko‘rilayotgan davr davomida oshib boradi, biroq uning oxiriga kelib barqarorlashadi. Talab asosan rivojlanayotgan davlatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tabiiy gazga talab tez rivojlanayotgan davlatlarda energiyaga talabning oshishi va jadallashib borayotgan sanoat sababli tez sur'atlar bilan oshib boradi.
Tiklanuvchi energiya manbalari hajmi 400 foizga oshadi va ularning energiya ishlab chiqarishdagi ulushi 50 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026