Bugun Samarqandda viloyat hokimiligi va viloyatdagi idoralar hamda taşkilotlar taşabbusi bilan böş iş örinlari yarmarkasi bölib ötdi. Unda viloyatdagi 461 ta turli korxona va taşkilotlar 2368 ta böş işçi örinlarini taklif etişdi.

Ayni paytda viloyatda iş bilan band bölmaganlar soni 93 ming nafarni taşkil etmoqda. Bandlikka kömaklaşiş markazlariga 4 mingdan ziyod fuqarolar iş sörab murojaat qilişgan. 32 ming nafar fuqaro çet ellardan qaytib kelişgan. Kam ta'minlangan oilalar soni 15.447 tani taşkil etmoqda. 2016/17 öquv yilida kasb-hunar kollejlarini bitirib, hozirça iş topolmay turgan yoşlar 7600 nafardir.

Tadbirni oçar ekan, viloyat hokimi Turobjon Jörayev uşbu tadbir Prezidentimizning 22 dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasidan kelib çiqqan holda, «Aholi bandligini ta'minlaşda — tadbirkor örni beqiyos» şiori ostida ötayotganini ta'kidlab ötdi. Qolaversa, 16 fevral kuni Prezidentimiz Buxoro viloyatiga taşrifi çoğida tadbirkorlikni rağbatlantiriş orqali işsizlikni kamaytiriş lozimligini ta'kidlaganini eslatib ötdi. Yarmarkaga taşrif buyurganlarga omad tiladi.

Yarmarkada söz olgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça davlat vakili — biznes ombudsman Dilmurod Qosimov ham iştirok etib, qatnaşçilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Xalqaro press klub rahbari Şerzod Qudratxöjayev ham sözga çiqib, islohotlar natijasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida söz oçdi. Samarqandni Özbekistonning turizm poytaxti bölayotganiga urğu berib, uşbu yönalişda ham yangi loyihalar va işçi örinlari yaratişga e'tibor qaratilişi kerakligi haqida gapirdi. Işsizlik kam bölgan joyda terrorizm, ekstremizm kabi illatlar palak otmasligini alohida ta'kidlab ötdi.

Yarmarkada viloyat hokimi va mehmonlar kam ta'minlangan oilalarga gaz plitalari va suyultirilgan gaz ballonlarini topşirişdi. Şuningdek, yangi loyihalarni boşlayotgan işbilarmonlarga viloyatdagi tijorat banklari tomonidan kredit sertifikatlari taqdim etildi.

— Bugun bu yerda ayrim kam ta'minlangan fuqarolarga plita va gaz balon berildi. Umuman, viloyatimizda uzoq, tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan hududlarda yaşovçi 543 ta kam ta'minlangan oilalarga gaz plitalari va ballonlari berildi. 255 nafar nogironligi bölgan şaxslar tikuv maşinalari va şunga yaraşa iş bilan ta'minlandilar, — dedi biz bilan suhbatda viloyat hokimi T.Jörayev. — Nogironligi bölgan şaxslar viloyatdagi korxonalarda mavjud iş örinlarining 10 foizi miqdorida kvotalangan iş örinlari bilan ta'minlanmoqda.