Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qirg‘izistonga yanvarda 1 mln dollarlik mahsulot jo‘natdi
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasiga tashrifi chog‘ida 2018-2019 yillarda Qirg‘izistonga 50 million AQSh dollarilik yangi va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish, sanoat sohasidagi istiqbolli loyihalarni yanada jadallashtirish kabi masalalarni muhokama qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston tomonidan Qirg‘iziston Respublikasiga 1 million AQSh dollarilik mahsulot jo‘natilgan.
Tashrif doirasida Bishkek shahrida “Uztrade” AJning savdo uyi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shuningdek, o‘zbek qishloq xo‘jaligi texnikalarini “Ayil bank” tomonidan qayta moliyalashtirish orqali yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
18:39 / 23.04.2026