2018 yildan boşlab 23 fevral Dominikan Respublikasida Kuraş milliy kuni sifatida nişonlanadigan böldi.
Respublika hukumati qöllab–quvvatlaşi va mamlakat Kuraş federatsiyasi ijroiya qömitasi qarori bilan 23 fevral kuni kuraş böyiça körgazmali çiqişlar, hakamlik seminarlari, öquv maşğulotlari,turli tanlovlar va kuraş sporti tarğibotiga bağişlangan boşqa köplab tadbirlar ötkazilişi belgilandi.
"Kuraş milliy kunisportçilarimiz,murabbiylarimiz, hakamlarimiz vaboşqa mutaxassislar tomonidan betakror kayfiyat va muhitda nişonlanadi. Bu tadbirga mamlakatimiz poytaxti Santo-Domingo şahri, şuningdek, Azua, Peraviya, San-Kristobal, San-Pedro-de-Makoris, Monte-Plata, La-Vega, San-Xuan, Duarte, Sançes-Ramires va boşqa provinsiyalarda katta tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Işonamizki, Kuraş milliy kuni Dominikan Respublikasida kuraş ommaviyligini yanada oşirişga xizmat qiladi", deydi Dominikan Kuraş federatsiyasi prezidenti Israil Karabalo.
"Kuraş sporti öz jozibasiyu insonparvarligi bois ona sayyoramiz xalqlari könglidan munosib örin egallamoqda. Har yili kuraş xalqaro oilasiga a'zo bölayotgan davlatlar soni muntazam oşib bormoqda. Bugungi kunda “kuraş”, “halol”, “töxta”, “ta'zim”, “yonboş”, “çala” kabi özbek sözlari jahonning 130dan ortiq mamlakatida jaranglamoqda.
Xalqimizning faxri bölgan kuraş qisqa vaqt içida rivoj topib, Osiyo öyinlari tarkibidan rasman örin oldi. Şu yil kuzda Indoneziyada qit'amiz polvonlari Osiyo öyinlari ğolibligi uçun gilamga çiqadi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 2 oktabrdagi “Kuraş milliy sport turini yanada rivojlantiriş çora–tadbirlari töğrisidagi” qarori milliy qadriyatimizning asosiy böğinlaridan biri bölgan kuraş rivojini yangi bosqiçga olib çiqmoqda", deyilgan IKA matbuot xizmati xabarida.
Dominikan Respublikasi Kuraş federatsiyasi Janubiy Amerikada haqiqiy ma'noda kuraş qon tomiriga aylangan milliy federatsiya hisoblanadi. Federatsiya rahbarlarining sa'y-harakatlari bilan har yili muntazam tarzda mamlakat çempionatlari, qit'a birinçiliklari yuqori darajada ötkazilib kelinmoqda.
Xususan, 2005 yili yoşlar örtasida V jahon çempionatiga Dominikan Respublikasi mezbonlik qilgandi. Uşbu mamlakat 2015 yili Panamerika Kuraş konfederatsiyasiga a'zo federatsiyalar iştirokida Kuraş oyligi ötkazilişining taşabbuskori bölgan.

















