Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev Özbekiston milliy kuraş federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Federatsiyaning navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi 6 oktabr, yakşanba kuni Termizda bölib ötdi.
«Saylovda boşqa nomzodlar körsatilmadi va Niğmatilla Yöldoşev bir ovozdan Özbekiston kuraş federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi», deyiladi taşkilot matbuot xizmati xabarida.


Bunga qadar özbek kuraşi federatsiyasiga sobiq boş prokuror Otabek Murodov rahbarlik qilib kelgan, u şu yilning iyun oyida işdan olingaç, kuraş federatsiyasi raisi lavozimi böş qolayotgan edi.
Qayd etiş joiz, Özbekistonda milliy kuraş sport turi prokuratura tizimiga biriktirilgan. Viloyat prokurorlari bir vaqtning özida viloyat kuraş federatsiyasi rahbari ham sanaladi.
Ma'lumot uçun, 5-6 oktabr kunlari Termizda özbek kuraşi böyiça Özbekiston prezidenti sovrini uçun XIV an'anaviy Al Hakim At-Termiziy xalqaro turniri bölib ötdi. Mukofot jamğarmasi 100 ming AQŞ dollari bölgan xalqaro musobaqada 48ta davlatning 130 nafardan ziyod sportçilari qatnaşdi.

















