Bugun Milliy olimpiya qömitasida Özbekistonning 2030 yilgi Osiyo öyinlariga mezbonligi, özbek kuraşining kelajakdagi istiqboli, uni butun dunyo böylab ommaviyligini yanada oşiriş mavzusida Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi rahbari, Osiyo Olimpiya Kengaşi departament direktori Haydar Farmon va Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Rustam Şoabdurahmonov örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Qömita xabariga köra, uçraşuvda MOQ Boş kotibi Jasur Matçanov va Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Oybek Kasimov ham iştirok etişgan.

Uçraşuv boşida Haydar Farmon MOQ prezidentiga Osiyo öyinlarining ahamiyati va ötkaziliş tartibi haqida batafsil ma'lumot berdi.
“Avvalo, samimiy kutib olganingiz uçun rahmat. Bugun asosan 2 masalani körib çiqsak. Bular – Özbekistonning 2030 yilgi Osiyo öyinlariga mezbonligi va kuraş sportining kelajakdagi istiqboli.
Dastavval, Osiyo öyinlari mezbonligidan boşlasak. Şaxsan prezidentingiz mana şunday taşabbus bilan çiqayotganidan mamnunmiz. Ammo şuni unutmaslik lozimki, mezbon mamlakatlar musobaqaga xuddi Olimpiya öyinlariga tayyorlangandek hozirlik körişadi. Şu yerdaligimda ikkimiz uçun ham qulay muddatni belgilab olsak-da, öşanda men mutaxassislarim bilan yana kelaman va katta doirada suhbat olib boramiz.
Kuraşni yanada ommalaştiriş böyiça ham bir qator loyihalarimiz bor. Bularni sizga birma-bir taqdim etaman”, – dedi Haydar Farmon.
Öz navbatida MOQ rahbari ham faxriy mehmonga öz rejalari xususida gapirib berdi.

“Avvalo, taşrif uçun sizga alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman. Aytib ötganingizdek, Osiyo öyinlariga mezbonlik böyiça şaxsan yurtboşimiz taşabbusi ostida dastlabki işlar olib borilmoqda. Osiyo öyinlarining mezbonligi borasida qilişimiz kerak bölgan işlar köp. Biz bu musobaqa uçun jahondagi eng zamonaviy sport obektlarini qurişimiz lozim. Zero, ular keyinçalik yoş avlodimizga xizmat qiladi.
Uşbu taşrifingiz haqiqatdan ham juda qisqa. Aytganingizdek, yaqin vaqt içida mutaxassislar bilan taşrif buyursangiz, har qanday savollarga javob olişimiz mumkin böladi. Şunday bölsa-da, tegişli taşkilotlar bilan tayyorgarlikning birinçi bosqiçini boşlab yuborganmiz va bu böyiça hukumatimiz bizni qöllab-quvvatlamoqda”, – dedi Rustam Şoabdurahmonov.


















