10-11 yanvar kunlari Toşkentda «Özbek kuraşining tarixi, buguni va istiqboli» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.

Özbekiston kuraş federatsiyasidan ma'lum qilişlariça, anjumanda 3,5 ming yillik tarixga ega özbek kuraşining xalqaro maydondagi mavqeyi va uni ommalaştiriş bilan boğliq masalalar muhokama qilingan.

Şuningdek, 2019 yil dekabr oyida jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan «Kuraş milliy sport turining xalqaro nufuzini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni loyihasi yuzasidan ham fikrlar bildirildi.

Milliy gvardiya bilan memorandum

Tadbirda, şuningdek, Özbekiston kuraş federatsiyasi va Özbekiston Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumda hamkorlikda öquv-metodik adabiyotlar va ilmiy-tadqiqotlar amalga oşiriş,  birgalikda darsliklar yaratiş közda tutilgan.

Maqsad – olimpiya öyinlari tasnifiga kiriş

Zamonaviy kuraş qoidalari asosçisi, Özbekiston kuraş federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Komil Yusupov sözga çiqib, kuraş an'analarini saqlab qolgan holda unga zamonaviy texnologiyalarni joriy etib, baholaş mexanizmini takomillaştiriş böyiça fikr bildirdi.

«Bir paytlar biz kuraşni dunyoga olib çiqamiz, deganda köpçilik kulgandi. Bugun Xalqaro sportga aylandik. Endi asosiy maqsad – olimpiya öyinlari oilasiga kiriş. Bu ham hozir boşqalar uçun guyoki erişib bölmas orzuga öxşaydi. Lekin muhtaram prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning qöllab-quvvatlaşi bizga kuç beradi. Bunga albatta erişamiz.  Kuraşning vatani – Özbekiston va bugun biz dunyoga kuraşni tarğib qiliş va xalqimizning qadriyatlarini yetkazişimiz kerak» – degan Yusupovning sözlarini keltirmoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.