Jahon | 08:00 / 23.02.2018
8489
1 daqiqa o‘qiladi

Floridadagi otishmadan keyin politsiyachi qo‘rqoqlikda ayblanib iste'foga chiqarildi

Foto: AP PHOTO/WILFREDO LEE

14 fevralda 17 kishi otib tashlangan Florida shtatining Parklend shahridagi maktabni qo‘riqlagan politsiya zobiti unga nisbatan xizmat taftishi boshlangandan keyin iste'foga chiqdi. Bu haqda AVS telekanali xabar bermoqda.  

Brovard okrugi sherifi Skott Israelning aytishicha, maktabdagi otishmadan keyin uning yordamchisi Skot Petersen taftish vaqtiga maoshi saqlanmagan holda ishdan chetlatilgan. Tergovning boshlanishiga qurollangan Petersen otishma boshlangandan keyin maktab ichiga kirmagani aks etgan videoyozuv sabab bo‘lgan.

“U maktabga kirib, qotil bilan olishib, uni yo‘q qilishi kerak edi”, deb aytgan sherif va Petersen ushbu vaziyatda “mutlaq hech narsa qilmaganini” qo‘shimcha qilgan.

Parklenddagi otishmani sodir etish gumoni bilan ushbu maktabning sobiq o‘quvchisi, 1999 yilda tug‘ilgan Nikolas Kruz hibsga olingan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid