Qirğiziston hukumatining 7 a'zosi boş vazirning davlat investitsiya dasturlari doirasidagi topşiriqlarini bajarmaganliklari uçun jiddiy hayfsan olişdi. Boş vazir Sapar Isakov vaziyat yaxşi tomonga özgarmasa, ularni böşatib yuborişidan ogohlantirgan.

Hukumat yiğilişida boş vazir örinbosari Sanjar Mukanbetov davlat investitsiya dasturlari oxirgi bir neça yil davomida bajarilmayotganini ma'lum qilgan. Boş vazir fevral boşida bu masala böyiça yiğiliş ötkazgan va 2 hafta içida dasturlarga 2018 yil uçun töğrilaşlar kiritiş va xulosalar çiqariş topşiriğini bergan.

Biroq boş vazirning topşiriğini faqat favqulodda vaziyatlar vazirligi bajargan. 

Sapar Isakovni uning topşiriqlariga bunday munosabat aççiqlantirgan va hukumat a'zolariga hayfsan bergan.

Isakov Qirğiziston moliya, iqtisodiyot, ta'lim va fan, soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirlari, Sanoat, energetika va tabiiy zaxiralardan foydalaniş davlat qömitasi direktori, Arxitektura, quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi davlat agentligi direktoriga hayfsan e'lon qilgan.