O‘zbekiston 200-300 mln dollar miqdorida yevrobondlar joylashtirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston 2018 yilda suveren kredit reytingini qo‘lga kiritgan sharoitda birinchi marta 200-300 million dollar miqdorida yevrobondlar joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga asosan xabar berdi.
Reytingni olish uchun «Yo‘l xaritasi»ni Citigroup (AQSh) tayyorlaydi. U bilan tegishli memorandum imzolandi. Yevrobondlar bozoriga chiqish, shuningdek, obligatsiyalar hajmi bo‘yicha yakuniy qarorni prezident qabul qiladi, deya ta'kidlab o‘tgan bosh vazir o‘rinbosari.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston dunyoda suveren reytingga ega bo‘lmagan kam sonli mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakatning suveren reytingga ega bo‘lmasligi uning sub'yektlarining - emitentlar, xususan, banklar va sug‘urta tashkilotlarining yuqoriroq moliyaviy reytingga da'vo qilishini qiyinlashtiradi. Mamlakat tomonidan bondlar chiqarilishi suveren reyting olishdagi dastlabki zaruriy qadamlardan biridir.
Mavzuga oid
13:25 / 19.10.2024
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi
08:50 / 12.10.2024
«2025 yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi» - bosh vazir o‘rinbosari
22:19 / 11.10.2024
O‘zbekiston 2027-2028 yillarda elektr va gaz ulgurji bozoriga o‘tishni yakunlaydi – Jamshid Qo‘chqorov
14:16 / 03.06.2024