SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask hazillaşib, Twitter’da Wi-Fi global tarmoğiga ulaniş “paroli”ni ma'lum qildi.
“Heç kimga aytmang, Wi-Fi paroli – “marsliklar” (marsians)”, deb yozgan Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Twitter foydalanuvçilari Maskning uşbu haziliga javoban yanada hazilomuz izohlar qoldirişgan.
“Sir saqlayman”, deb yozgan bir foydalanuvçi.
“8 ta belgidan iborat parollar eskirib qolgan, Ilon. Iltimos, uni uzunroq parolga almaştiring”, deb izoh bergan yana bir obunaçi.
“Afsuski, men Plutondanman”, deb hazil izoh qoldirgan yana bir foydalanuvçi.
22 fevralda Kaliforniyadagi Vandenberg kosmodromidan Falcon 9 raketasi internet ulaşuvçi Microsat 2a va Microsat 2b hamda Ispaniyaning Paz telekommunikatsiya sun'iy yöldoşlari bilan fazoga uçirildi.














