11:54 / 24.02.2018
5948

Trampning sobiq maslahatchisi yolg‘on so‘zlaganini tan oldi

Rik Geyts. Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi va uning shtabi boshlig‘i Pol Manafortning hamkori Rik Geyts yolg‘on ko‘rsatmalar berish va til biriktirishdagi aybini tan oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Sud hujjatlaridan ma'lum bo‘lishicha, Geyts boshqa davlat manfaatlarini ilgari surgan holda AQSh hukumatiga qarshi fitnada ishtirok etgan. Bundan tashqari, u so‘roq vaqtida yolg‘on so‘zlaganini tan olgan. 

Biroq Manafort o‘z aybini rad etmoqda.

Avvalroq AQSh bosh prokurori Robert Myuller Manafort va Geytsga pul yuvish aybini qo‘ygandi.

Mavzuga oid
Top