Donald Tramp saylovoldi shtabining sobiq rahbari Pol Manafort Ekvador prezidenti Lenin Moreno bilan Julian Assanjni Qo‘shma Shtatlarga topshirish shartlarini muhokama qilgan. Bu haqda The New York Times manbalarga asosan xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, bunday muloqot 2017 yilda bo‘lib o‘tgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ekvadorga Assanjning o‘rniga «qarzdorlikni yengillashtirish» hamda boshqa imtiyozlarni taklif qilgan.

Xabar qilinishicha, tomonlar hech qanday kelishuvga erishmagan.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi bo‘lgan Rojyer Stoun WikiLeaks asoschisi Julian Assanj bilan aloqada bo‘lganini rad etgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Ekvador Assanjni «bo‘htonlardan tiyilishga» chaqirgandi.