AQŞ Oq uy vakili Sara Sandersning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar hukumati KXDR taşqi siyosati özgarişi va Koreya yarim oroli asta-sekin yadro qurolidan xoli hududga aylanişiga maksimal bosim yordamida erişmoqçi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

«AQŞ KXDRga maksimal bosim ötkazişda davom etadi. Biz umid qilamizki, Şimoliy Koreya harakatlarida özgarişlarni köramiz, u Koreya yarim oroli yadro qurolidan xoli hududga aylanişi böyiça sa'y-harakatlarni körişi kerak. Bu bizning asosiy maqsad sanaladi», - deya aytib ötdi Sanders.

Şuningdek vakilning ta'kidlaşiça, mamlakatning amaldagi prezidenti Donald Tramp AQŞ avvalgi ma'muriyati tomonidan yöl qöyilgan xatolarni takrorlamaydi.

Avvalroq AQŞ KXDRga qarşi sanksiyalar doirasida yangi işga bel boğlagani ma'lum qilingandi.