WSB yönalişida musobaqalarda iştirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi a'zosi Iqboljon Xoldorov Kubaning «Cuba Domadores» jamoasiga qarşi bölib ötadigan boks keçasidan oldin öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

— WSB musobaqalari yangi mavsumi men uçun endi boşlanmoqda. Hozirça bu yilda janglarida iştirok etmagandim. Birinçi jangdayoq eng jiddiy raqibga qarşi jang olib boramiz. Albatta raqib begona emas. Samarqandda bölib ötgan jangda ham «Cuba Domadores»ga qarşi jang qilganmiz. Murabbiylar bilan oldingi töqnaşuvlarimiz videoyozuvini körib, tahlil qilib xatolarimiz ustida işlayapmiz. Öylaymanki, maşğulotlar jarayonida barça kamçiliklarimizni bartaraf etdik. Ertaga bölib ötadigan janglarda oldingi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilib, yurtimizga ğalaba olib kelamiz degan umiddaman.

— Kubaning ayyor, qarşi hujumlarga asoslangan janglari ayniqsa, siz kabi yoş, ehtirosli, köproq hujumga taşlanadigan boksçilarga noqulay sanaladi. Jahon çempionati finalida ham bu körindi. Ertangi jang oldidan bu borada ham işladingizmi?
— Töğri kubaliklar qarşi hujumlarda köproq jang qiladi. Lekin biz ularning qanday uslubda jang qilişi mumkinligini öylab tayyorgarlik köra olmaymiz. Agar şunday qiladigan bölsak, jang paytida ular butunlay boşqaça taktika tanlaydigan bölsa, çalğib qolib nima qilişimizni bilmay qolişimiz mumkin. Eng yaxşisi ringga har qanday holatga, har qanday taktikaga qarşi tayyor bölib çiqiş. Ringga çiqqandan keyin vaziyatga qarab taktika tanlanadi.

Ötgan safar ular köproq himoyadan harakat qilgan. Bunga qarşi tayyorgarlik körişimizni bilişadi. Şu bois ular ham taktikani özgartirişi mumkin. Şu sababdan ham biz barça jihatlarni hisobga olib tayyorgarlik kördik. Ertangni jangda buni muxlislarga körsata olamiz, deb öylayman», deya gapirib ötdi Xoldorov KUN.UZ muxbiriga bergan intervyusida.