Yaponiyaning Toyota va Janubiy Koreyaning Hyundai avtomobilsozlik kompaniyalari ba'zi maşinalarida aniqlangan nosozliklar tufayli Şimoliy Amerikadan umumiy hisobda 110 mingtaga yaqin maşinasini qaytarib olmoqda. Bu haqda The Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, yapon kompaniyasi 65 mingtaga yaqin Tundra modelidagi pikap va Sequoia yöltanlamaslarini qaytarib olişini e'lon qilgan. Bu maşinalarda nosozlik tufayli barqarorlikni nazorat qiliş elektron tizimi harakatlaniş vaqtida öçib qolişi mumkin.

Foto: Toyota Tundra

Hyundai ham rul çambari bilan boğliq muammo sababli 44 mingta Santa Fe krossoverini qaytarib olişini ma'lum qilgan. U işonçli mahkamlanmagan va rul kolonkasidan ajralib çiqişi mumkin.

Foto: Hyundai Santa Fe

Maşinalar rasman mart oyidan qaytarib olina boşlanadi. Kompaniyalarga uşbu nosozliklar tufayli yöl-transport hodisalari yuz bergan-bermagani haqida heç narsa ma'lum emas. Ta'kidlanişiça, barça nosozliklar bepul bartaraf etib beriladi.