Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridalik qotilning advokatlari sudyani o‘zgartirishni talab qilishmoqda
Floridadagi “Mardjori Stounmen Duglas” maktabida 17 kishini otib tashlagan Nikolas Kruzning advokatlari ushbu qotillik bo‘yicha ishni olib borayotgan sudyaning o‘zgartirilishiga erishmoqchilar. Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, advokatlarning ta'kidlashicha, sudya Elizabet Sherrer ayblov tomon foydasiga qarorlar chiqarmoqda va ularni qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlar aytmoqda. Ularning aytishicha, shu sababli Kruz adolatli sud jarayoniga umid qila olmaydi va sudya o‘zgartirilishini istashmoqda.
Floridadagi fojia 14 fevral kuni yuz bergan. Avvalroq shu maktabdan chetlatilgan 19 yoshli Nikolas Kruz maktabga kirib, o‘quvchilar va o‘qituvchilarni o‘qqa tutgan. U politsiya tomonidan qo‘llanuvchi va ov do‘konlarida sotiladigan AR-15 yarimavtomatik miltig‘i bilan qurollangan bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
20:43 / 22.02.2026
Tramp qarorgohining qo‘riqlanadigan hududiga kirishga uringan shaxs o‘ldirildi
23:01 / 12.06.2025