2018 yilning 25 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda to‘y kortejining haydovchilari Toshkent shahri ko‘chalarda harakatlanib, yo‘l harakati xavfsizligiga qasddan tahdid solganliklari aks ettirilgan video rolik paydo bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etgan haydovchilarni aniqlashga qaratilgan qidiruv ishlari amalga oshirilgan, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.

Natijada quyidagi transport vositalarining haydovchilari huquqbuzarlik sodir etganliklari aniqlangan:
- 01 D 7** XA davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
- 01 A 7** AB davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
- 01 T 7** XA davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
- 01 F 7** ZA davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
- 01 C 2** AB davlat raqam belgili «Mercedes Benz» rusumli avtomashina;
- 01 1** VCA davlat raqam belgili «Saturn sky» rusumli avtomashina.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining MJtKning 129-moddasi - Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi.
Motosikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi:
















