Jahon | 11:35 / 27.02.2018
9647
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya IShID bilan kurash bo‘yicha konferensiyada qatnashmaydi – AQSh

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya AQSh Davlat departamentining IShID terrorchilik guruhi bilan kurash bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» Davlat departamenti vakiliga asosan xabar bermoqda.

«Ular (Rossiya vakillari) konferensiyada ishtirok etishmaydi. Rossiya IShIDga qarshi koalitsiya a'zosi emas», - deya aytib o‘tdi manba.

Shuningdek, u konferensiyada faqat AQSh boshchiligidagi koalitsiya a'zolari ishtirok etishiga doir savolni ochiq qoldirgan.

Konferentsiya 27-28 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Xabar berilishicha, konferensiyada 90 mamlakat va tashkilot vakillari qatnashadi. Tadbir IShID tomonidan global tahdid bo‘yicha «umumiy pozitsiyani» topishga yo‘naltirilgan, shuningdek, unda guruh bilan kurash bo‘yicha aniq usullar muhokama etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid