WSB yönalişida musobaqalarda iştirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi a'zosi Sanjar Tursunov Kubaning «Cuba Domadores» jamoasi vakili Erislandi Savonga qarşi bölib ötadigan boks jangi oldidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

— Musobaqada ikkinçi marta ringga kötarilaman. Bungaça ham aynan ertangi raqibim Erislandi Savonga qarşi jang qilgandim. Samarqandda bölgan bu jangda imkoniyatni boy berib qöyganman. Şundan söng ötgan vaqt mobaynida öz ustimda işladim. Savonga qarşi jang videolarini tomoşa qildim. Uning boşqa janglarini kuzatib, kamçiliklarini topişga harakat qildik. Ertaga buni ringda körsatib muxlislarni xursand qilişga harakat qilamiz.

— Har bir musobaqada sizga raqib bölayotganlar albatta böy jihatdan, tabiiyki qöli ham uzun raqiblar bölyapti. Savonga qarşi jangda ham şu tafovut. Boksda bunday holatlarda nisbatan böyi past boksçi uçun qulay taktika qaysi?
— Albatta 91 kg.gaça vazn uçun böyim doim pastlik qilgan. Lekin şunga qaramasdan imkon qadar raqiblarga qarşilik qilişga, ularni mağlub etişga harakat qilib kelyapman. Eng qulay taktikaga keladigan bölsak, bu — yaqin masofada işlaş. Raqib sizni masofada uşlab tursa, uzun qöli bilan köp oçko işlab oladi. Bunga yöl qöymasdan imkon qadar uning qöllari orasiga kirib borib öşa yerda töxtovsiz bosim uyuştiriş kerak deb hisoblayman, deya gapirib ötdi Tursunov KUN.UZ naşriga bergan intervyusida.