Toşkentda Marketing va reklama Haftaligi boşlandi. Uning yirik tadbirlari: Marketing Konferentsiyasi, Marketing va reklama körgazmasi, ADWEEK reklama Tanlovi hamda Innovatsion yarmarka, workshop va panelli munozaralar.
Marketing va reklama haftaligini OAV vakillari uçun Milliy matbuot markazidagi bölib ötgan matbuot-anjumani oçib berdi. Haftalik taşkilotçilari va ekspertlari International mehmonxonasida bölib ötadigan ADWEEK faoliyati, dasturlari, mehmonlari va yangiliklari haqida sözlab berdilar.
ADWEEK doirasida 27 fevral kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda mahorat darslari va keng miqyosli Innovatsion yarmarka ötkaziladi. Taşkilotçilar “Sayyohlik mahsulotlari marketingi” mavzusini muhokama qiliş istagida bölganlarni öşa kuni keçqurun GroundZeroga taklif etadilar.
Marketing va reklama Körgazmasini ötkazişdan maqsad quyidagi yönalişlar böyiça marketing bozori asosiy iştirokçilarining erişgan yutuqlarini namoyiş etiş va raqobat ustuvorliklarini yanada rivojlantirişdan iborat: reklama işlab çiqaruvçi agentliklar, dizayn-studiyalar, web-studiyalar, matbaa korxonalari, media agentliklari, marketing agentliklari, video mahsulotlar, suvenir (esdalik) mahsulotlar işlab çiqaruvçilari va boşqalar. Körgazma uç kun davom etadi (2018 yil 28 fevraldan – 02 martgaça) va u iştirokçilarni taqdirlaş marosimi bilan yakunlanadi.

















