Davlat eski GESlarni konservatsiyalanişdan xalos etib, yangisini quriş bilan ovora bölib turgan bir paytda, Özbekistonning oddiy aholisi elektr energiyasini özlari olişga harakat qilib kelişmoqda. Bunda suvning kinetik energiyasidan elektr işlab çiqaruvçi va kiçik (100 kVt.gaça) quvvatga ega mikro GESlar yordamga kelmoqda.

«Oçiq Osiyo onlayn» muxbiri Namangan injyenerlik-texnologiya instituti tadqiqotçisi, bugungi kunda Namangan viloyatining Kosonsoy şahridagi kiçik suv oqimlariga tajriba tariqasida mikrogidroelektr stansiyalari örnatib kelayotgan Zulfiya Mamadaliyeva bilan suhbatlaşdi.

Aynan mana şu tinim bilmas, nozik ayol öz ona şahrini bepul energiya bilan ta'minlaş haqida birinçilardan bölib boş qotira boşladi.

Foto: The Open Asia 

— Ayting-çi, Özbekistonda kam örganilgan va deyarli özlaştirilmagan mavzu bilan şuğullanişingizga nima turtki böldi?

— Öz ilmiy işim doirasida va Namangan viloyatidagi işbilarmonlar va fermerlar bilan işlaganimda ular muqobil energiya manbalari haqida mutlaqo tuşunçaga ega emasliklariga duç kela boşladim. Ular bunda faqat quyoş qurilmalarini tuşunişar ekan. Lekin quyoş energetikasidan taşqari ham boşqa köplab, samarali usullar ham bor-ku? Mikrogidroelektr stansiyalar borasidagi tadqiqotlarim ana şunday boşlandi. Avvaliga men özim uçun qaydlar qilib bordim, keyin tumanimizni töliq tadqiq qila boşladim — ya'ni, fermer xöjaliklarining ehtiyojlarini qondira oladigan, energiya ta'minoti örnini bosa oladigan mikroGESlar barpo etiş uçun istiqbolli joylarni topiş maqsadida.

— Mikro gidro elektr stansiyalarining afzalligi nimada?

— Birinçidan, ularning asosiy plyusi — öz narxi bilan tadbikorlar uçun jozibador. Axir bugun narx-navo masalasi öta muhim. Biz tajriba tariqasida örnatgan qurilma u qadar qimmat emas. Balkim u biroz besönaqay körinar, aslida uni örnatiş, yeçiş, biror joyga köçirib ötkaziş juda oson. Agar suv oqimi özgarsa, siz uni bemalol boşqa joyga köçirib, sozlaşingiz mumkin. Şunday qilib, siz katta mablağ ham, mehnat resurslari ham sarflamaysiz.