Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 28 dekabr kuni «2018 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi farmoni asosida Yangi yil, Navröz va Mustaqillik bayramlari arafasida ketma-ket 5 kunlik dam oliş kunlari belgilangan edi. 

Mazkur farmon asosida mart oyida ham köçirilgan dam oliş kuni mavjudligini hisobga olib, amaliyotda yuzaga kelişi mumkin bölgan tuşunmovçiliklarning oldini oliş maqsadida uşbu masala yuzasidan qisqaça şarh berib ötiladi.

Eng avvalo haftadagi iş kunlari soni dam oliş kunlariga ta'sir qilişini unutmaslik kerak. Ya'ni 5 kunlik iş haftasidagi xodimlar mart oyida 12 kun dam olişadi, haftasiga 6 kun işlaydigan xodimlar esa martda 7 kun dam olişadi.

Endi Navröz bayrami arafasidagi dam oliş kunlariga kelsak. Bunda ham 5 va 6 kunlik iş haftasidagilar uçun dam oliş kunlari farqlanişiga guvoh bölamiz.

Haftasiga 5 kun işlovçi xodimlar Navröz bayrami arafasida quyidagi 5 kunda dam olişadi:

18 mart – yakşanba;

19 mart – köçirilgan dam oliş kuni (duşanba);

20 mart – qöşimça dam oliş kuni (seşanba);

21 mart – Navröz bayrami (çorşanba);

22 mart – köçirilgan dam oliş kuni (payşanba).

Izoh: 17 va 24 mart – şanba kunlari haftasiga 5 kun işlovçilar uçun rasman iş kuni böladi.

Haftasiga 6 kun işlovçi xodimlar Navröz bayrami arafasida quyidagi 3 kunda dam olişadi:

18 mart – yakşanba;

20 mart – qöşimça dam oliş kuni;

21 mart – Navröz bayrami.

Izoh: haftasiga 6 kun işlovçi xodimlar 19 mart (duşanba) va 22 mart (payşanba) kunlari işga çiqişlari lozim.