Jahon | 10:07 / 28.02.2018
7073
2 daqiqa o‘qiladi

Argentinada yangi mashmasha, rossiyalik 4 kilogramm kokain bilan ushlandi 

Foto: Patricia Bullrich/Facebook

Buenos-Ayres xalqaro aeroportida Rossiya fuqarosi hibsga olindi, u bagajida taxminan 4 kilogramm kokainni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan, deb xabar berdi Argentina xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrich feysbukdagi sahifasida.

«Rossiya fuqaro o‘z chamadonlarini «Eseys» aeroportiga yuborgan. Aeroport xavfsizlik politsiyasi jiddiy nazoratni o‘rnatdi va chamadonning pastki qismida yashirib qo‘yilgan deyarli 4 kg kokainni topdi. Ha, o‘tgan haftada Rossiya elchixonasiga aloqador joydan topilgan 389 kilogramm kokaindan so‘ng, biz butun mamlakat bo‘ylab nazoratni kuchaytirdik», - deya yozdi Bullrich.

Carlin nashrining Argentina Xavfsizlik vazirligiga asosan xabar berishicha, qo‘lga olingan rossiyalik Lufthansa reysi bilan Frankfurtga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Uning bagajida umumiy og‘irligi 3,526 kg bo‘lgan kokain o‘ramlari topildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Argentinadagi elchixonasida 400 kilogramm kokain topilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid