16:20 / 28.02.2018
21105

KXDR yetakchilarining Braziliyaga tegishli pasportlari surati e'lon qilindi

KXDR yetakchisi Kim Chen In va uning marhum otasi Kim Chen Ir 1990-yillarda aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan Braziliya pasportlaridan foydalanishgan. Hujjatlar fotonusxasi Reuters agentligi tomonidan e'lon qilindi.

Agentlikning Yevropa maxsus xizmatlaridagi manbalariga ko‘ra, bu pasportlar g‘arbdagi kamida ikkita mamlakat elchixonasiga viza olish uchun taqdim etilgan.

Agentlik suhbatdoshi so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa Shimoliy Koreyadagi hukmron oila vakillari mamlakatdan ehtimoliy qochish variantlarini qidirgan bo‘lishi mumkin ekaniga oid taxmin bor.

Shimoliy Koreyadagi hukmron oila a'zolarining fotosuratlari bo‘lgan pasportlar Yozef Pxak (tug‘ilgan sanasi – 1983 yilning 1 fevrali) va Ijong Choi (tug‘ilgan sanasi – 1940 yilning 4 apreli) nomiga rasmiylashtirilgan. Tug‘ilgan joyi haqidagi bandda har bir pasportda Braziliyaning San-Paulu shahri ko‘rsatilgan. Shuningdek, ularga Braziliyaning Pragadagi elchixonasi muhrlari qo‘yilgan, ular sanasi – 1996 yilning 22 fevrali.

Bu pasportlardan Braziliya, Yaponiya va Hongkongga safarlar uchun foydalanishgan bo‘lishi mumkin, deya ma'lum qilishdi Reuters manbalari, garchi bu hujjatlar bo‘yicha vizalar berilganiga oid aniq ma'lumotlar yo‘q.

Braziliya Tashqi ishlar vazirligi hujjatlar nusxasi paydo bo‘lgani munosabati bilan ichki surishtiruv o‘tkazilayotganini ma'lum qildi. Braziliya tomoni so‘zlariga ko‘ra, pasportlar soxta kabi ko‘rinmayapti va haqiqatdan ham soxta odamlar nomiga rasmiylashtirilgan.

Mavzuga oid
Top