Apennin yarimorolida Sibir sikloni olib kelgan sovuq havo saqlanib qolmoqda. Italiyaning Neapol şahrida 27 fevralga ötar keçasi 1956 yildan beri ilk bor qor yoğdi. Qor oqibatida mahalliy aeroport Kapodikino va barça maktablar yopilgan. Bu haqda Rai News 24 yangiliklar portali xabar bermoqda.
Portal ma'lumotlariga köra, aeroportda uçiş-qöniş polosasi muzlab qolgani va köriniş yomonlaşgani sababli parvozlar töxtatilgan. Şuningdek, şahar transporti faoliyatida ham muammolar kuzatilgan.
26 fevralda Vezuviy vulqoni qor bilan qoplangandi. Şaharda oxirgi marta qor yoğişi yarim asrdan köproq vaqt avval – 1956 yilda kuzatilgan.
Italiyada “Sibir böroni” deb atalayotgan sovuq siklon yarimorol markazida avj olib, janub tomon yönalmoqda. 26 fevralda Rimda yoqqan qor tungi sovuq harorat sababli saqlanib qolib, 27 fevralda ham transport bilan muammolar keltirib çiqarişda davom etgan. Rim meriyasi maktablarning yopilişi haqidagi körsatmasini kuçda qoldirgan.
Italiya şimolida ham rekord past harorat saqlanib qolmoqda. Bu yerda harorat minus 35 darajani taşkil qilmoqda. Prognozlarga köra, yomon ob-havo 28 fevralgaça davom etib, söngra havo iliy boşlaydi. Biroq ob-havo mutaxassislari sovuq havo va yoğingarçiliklar davom etişi mumkinligidan ogohlantirişmoqda.













