«Vanya» sikloni ta’sirida 15 dekabr kuni Moskvada yoğadigan qor sönggi 63 yilda eng qalini bölişi mumkin. Bu havo haroratining Özbekistonga ta’siri bor-yöqligi böyiça Kun.uz Özgidromet xizmati agentligidan izoh oldi.

14-15 dekabr kunlari Rossiyaning aksar hududlarida kuçli qor yoğişi, böron bölişi, yöllar muzlaşi kutilmoqda, deb xabar beryapti Özgidromet xodimlari rossiyalik hamkasblariga tayanib. Şu kunlari şamol 15-18 m/s gaça kuçayadi.

Rossiya Gidrometeorologiya markazi ilmiy direktori Roman Mendeleviç Vilfandning sözlariga köra, poytaxt Moskvada çorşanba, payşanba va juma kunlari qor yoğadi. Noqulay ob-havo juma kuni kuçayadi. Şu kunlarda Moskvada 15-20 mm yoğingarçilik böladi, bu esa qor hajmining rekord darajada oşişiga olib kelişi, ayrim joylarda qor balandligi 40-50 santimetrgaça yetişi ham mumkin.

Bu dekabr oyi uçun sönggi 100 yillikdagi eng yuqori qor qoplami bölişi mumkin. Çunki qor qalinligi 1919 yil 16 dekabrda 32-33 santimetr, 1941 yil 17 dekabrda 36 santimetrga yetgan edi. “Bu qor yoğişidan söng, dekabr oyining şu kunlaridagi rekordlar, albatta, yangilanadi. Biroq bu asrning qor yoğişi böladi degani emas. Çunki Moskvada qişning boşqa oylarida bundan ham köp qorlar yoğgan”, – degan Roman Mendeleviç.

Özgidromet mutaxassislari Rossiyadagi siklon kelgusida şimoli-şarqqa siljişi va Markaziy Osiyo, xususan, Özbekiston hududiga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi.