Qöşma Ştatlar juda sovuq havo oqimi - «siklon bombasi»ga tayyorgarlik körmoqda. Sinoptiklarning ogohlantirişiça, köplab hududlarda havo haroratining keskin pasayişi, qorböron bilan kuçli arktik şamol esib, 5-10 daqiqada muzlab qoliş ehtimoli bor.
Ba’zi ştatlarda allaqaçon ğayrioddiy qattiq sovuqlar qayd etilgan. Yaqin kunlardagi ob-havo şaroiti rekordlarni yangilaydi, deb xabar bermoqda BBC AQŞ Milliy ob-havo byurosiga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga köra, payşanba oqşomiga qadar 48 ştatda 200 millionga yaqin aholini (AQŞ aholisining deyarli uçdan ikki qismi) qamrab olgan hududda noqulay ob-havo haqida ogohlantirişlar e’lon qilingan.
Kuçli qor yoğişi 5 mingdan ortiq aviareyslarning bekor qilinişiga olib keldi. Şuningdek, siklon oqibatida allaqaçon elektr ta’minotida jiddiy uzilişlar sodir bölgan.
PowerOutage ma’lumotlariga köra, deyarli 1,5 million kişi elektr energiyasi ta’minotidan mahrum bölgan, bunda eng köp zararni şarqiy ştatlar körgan. Şimoliy Karolina aholisi eng köp uzilişlarni boşdan keçirmoqda. U yerda 175 ming kişi elektrsiz qolgan, ikkinçi örinda Virjiniya (152 ming).
Tennessi ştatining Memfis şahri meri yomon ob-havo jamoat xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotganini aytib, favqulodda holat e’lon qildi. Bu yerda ham qattiq sovuq va elektr ta’minotida uzilişlar kuzatilmoqda.
Ştat poytaxti Neşvilda BBC muxbiri uysizlarga yordam beruvçi xayriya taşkiloti rahbari bilan suhbatlaşdi, uning aytişiça, şahar heç qaçon bunçalik sovuq bölmagan.
Böronning eng kuçli ta’siri Qöşma Ştatlarning markaziy va şimoli-şarqiy qismlariga tuşişi kerak, ammo sovuqlar hatto janubiy Texas ştatiga ham yetib borgan. Xayriya taşkilotlari u yerda Meksikadan kelgan, ammo boşpanasiz qolgan migrantlarga yordam berişga harakat qilmoqda.
Sovuq havo seşanba kuni mamlakat şimoli-ğarbiga keldi, keyin esa şarqqa köçdi. Sinoptiklar böron «siklon-bomba»ga aylanişini kutişmoqda - bu tabiat hodisasi örta kengliklarda, kun davomida siklon keskin kuçayib, atmosfera bosimi tez pasayganda kuzatiladi.
Tsiklon kuçli qor böronlarini keltirib çiqaradi, ayniqsa mamlakatning şarqiy qismida, qor qalinligi soatiga 1,25 sm ga yetişi mumkin.
«Bu bolalikdagi qorli kunga öxşamaydi, bu jiddiy», dedi payşanba kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden aholini ogohlantirib.













