AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Suriyadagi Dayr-az-Zor yaqiniga berilgan aviazarbasi vaqtida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy SANA agentligi fuqarolar orasidagi manbalarga asosan xabar qildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, koalitsiya samolyotlari Dxaxrat al-Alluniy tumaniga bir necha zarbalar bergan. Manbalar oddiy aholi orasidan kamida 24 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilishdi. Shuningdek, jarohat olganlar ko‘pligi aytilmoqda, ularning aniq soni keltirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya AQSh bilan birgalikda Suriyada aviazarbalar berishni boshlash imkoniyatini jiddiy tarzda ko‘rib chiqayotgani xabar berilgandi.















