Boks bo‘yicha «Uzbek Tigers» jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) musobaqalari doirasida VIII mavsum uchinchi jangini Kolumbiyaning «Colombia Heroicos» jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.
1 mart kuni «Universal» sport saroyida bo‘lib o‘tadigan janglar oldidan Toshkentdagi City Palace mehmonxonasida har ikkala jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Anjumanda har ikkala jamoa a'zolari ertangi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Matbuot anjumanidan so‘ng rasmiy vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi.
Ushbu bahsda quyidagi juftliklar g‘oliblik uchun ringda kurash olib borishadi:
«Uzbek Tigers» va «Colombia Heroicos» jamoalari o‘rtasida Toshkentda bo‘ladigan bahslarda quyidagi juftliklar jang olib borishadi.
-52 kg: Xudoynazar Fayzov — Keyber Avila
-60 kg: Shunqor Abdurasulov — Duvan Zuleta
-69 kg: Mahmud G‘oipov — Aleksander Rangel
- 81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Diyego Motoa
+ 91 kg: Bahodir Jalolov — Kristian Salsedo
Quyida rasmiy tadbirdan olingan fotogalereya bilan tanishib olishingiz mumkin.


























