Bahorning ilk kuni – 1 martda Surxondaryo viloyatidagi “Termiz” stansiyasidan Tojikistonning Shahritus tumanida (Xatlon viloyati) joylashgan “Hoshadi” stansiyasiga ilk yuk poyezdi keladi.
Qatnov tiklangani munosabati bilan chegarada ikki davlat hukumatlari, transport vazirliklari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
G‘alaba-Amuzang temir yo‘li 2011 yil noyabrda faoliyati to‘xtatilgandi.











