Polşada 1 martdan yakşanba kuni savdo qilişni taqiqlovçi qonun kuçga kirdi. Bu haqda Wyborcza yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga köra, taqiq asta-sekin joriy etilmoqda hamda avvaliga bir oydagi faqat ikki yakşanbaga aloqador böladi. 2020 yildan yakşanba kunlari savdo qiliş butunlay taqiqlanadi, bunda yildagi yettita dam oliş kuni istisnoga aylanadi.
Qonunni buziş uçun jarima 100 ming zlotiyga qadar yetişi mumkin, takroriy qonunbuzarlikda esa – 1 mln zlotiygaça.
Biroq, qonunçilik çorasi savdo markazlaridagi biznesga zarba beradi. Gazetaning PwC tahlilçilari hisob-kitoblariga asosan yozişiça, şu sababdan ijara böyiça tuzilgan şartnomalarning 30 foiziga qadarini qayta körib çiqiş kerak.

















