Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand yo‘llarida YHXBning innovatsion targ‘ibot ustuni va radar o‘rnatilmoqda
Samarqand viloyati IIB YHXB boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi yo‘llarda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish va harakat ishtirokchilarini hushyorlikka chaqirish maqsadida innovatsion g‘oyalar va zamonaviy axborot telekomunikatsiya imkoniyatlarini yangicha usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, fuqarolar gavjum joylarda, avariya o‘choqlarida, ko‘rinish cheklangan va transport vositalari serqatnov hududlarda “To‘rttasi birda” targ‘ibot ustuni o‘rnatilib, unda transport vositalarining harakat tezligini o‘lchovchi moslama (radar), diqqatni jalb qiluvchi ya'ni ko‘k-qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha, yo‘l harakati qoidalari va yo‘l belgilarini elektron tarzda targ‘ib qiluvchi (tablo) taxta hamda yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslikni ayanchli oqibatlarini aks ettiruvchi peshlavhalar o‘rnatilib, unumli foydalanilmoqda.
Kun.uz’ga viloyat YHXB tomonidan taqdim etilgan ushbu suratda Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida o‘rnatilgan ana shunday qurilma tasvirlangan.
Mana shu singari olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyatida yo‘l-transport hodisalar soni o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga, vafot etganlar soni 6 foizga, tan jarohatlari olganlar soni esa 1,2 foizga kamayishiga erishildi.
O‘z muxbirimiz
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026