AQŞ Turkiyaga BMT Xavfsizlik kengaşining Suriya böyiça rezolyutsiyasini öqib çiqişni taklif etiş bilan ikki xil standartni namoyiş etmoqda. Turkiya boş vaziri örinbosari Bekir Bözdoğ şunday fikr bildirdi. U AQŞning öziga rezolyutsiyani qaytadan öqib çiqişni maslahat qilgan.
Bundan avvalroq AQŞ Davlat departamenti vakili Hezer Nauert «Turkiya BMT Xavfsizlik kengaşining Suriya hududida öt oçişni 30 kunga töxtatiş haqidagi rezolyutsiyasini yana bir bor diqqat bilan öqib çiqişi kerakligi»ni aytgandi. U bu orqali turklar Afrinda harbiy harakatlarni davom ettirayotganiga işora qilgan.
«Biz öqib çiqqanmiz. Uni (BMT XK rezolyutsiyasi) ularning (AQŞ) özi öqib çiqişi kerak. U yerda Afrin haqida söz yöq. BMT Xavfsizlik kengaşining bu qarori terrorçilarga qarşi amaliyotlarga taalluqli emasligi aytilgan, Turkiya esa tinçlikni ta'minlaş uçun terrorçilarga qarşi kuraş olib bormoqda. Terrorçilarning hammasi terrorçi, ularni yaxşi yoki yomonga ajratiş xato. AQŞ ikki xil standart körsatmoqda, bunga indamay qarab turib bölmaydi. «Zaytun novdasi» amaliyoti vaqtida tinç aholi vakillari halok bölgani yöq», degan vazir örinbosari jurnalistlarga.
U BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyasi Turkiyaning Afrindagi harbiy amaliyotlariga ta'sir körsatmasligini ta'kidlagan.
«Biz bu qarorni mamnuniyat bilan qarşi oldik. Bu qaror Şarqiy Ğutadagi vaziyatni barqarorlaştirişga qaratilgan qarordir... AQŞ kabi Turkiya ham terrorçilarni nişonga olgan. Lekin AQŞ qarşi kuraşmayotgan terrorçilarga qarşi kuraşmaslik kerak degan gapda mantiq yöq», deya qayd etgan Bekir Bözdoğ.
Turkiya Qurolli kuçlari Boş ştabi 20 yanvar kuni Suriya şimolidagi Afrin hududidagi kurd bölinmalariga qarşi «Zaytun novdasi» nomli harbiy amaliyotlarni boşladi.
Rasmiy Damaşq Turkiyaning Afrindagi harakatlarini keskin norozilik bilan qarşilagan va bu hudud Suriyaning ajralmas qismi ekanini ma'lum qilgan.


















