Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston parlamentida birinchi marta prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi
Armanistonda yangi prezident saylovlari juma kuni mamlakat parlamentida bo‘lib o‘tadi. Milliy yig‘ilish majlislar zali foyesida davlat rahbari lavozimi uchun yagona nomzod bo‘yicha yashirin ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi.
Armaniston Respublika partiyasi va "Dashnaktsutyun" so‘l milliy partiyasi hukmron fraksiyasi prezidentlikka respublikaning Buyuk Britaniyadagi elchisi bo‘lgan 65 yoshli Armen Sarkisyan nomzodini ilgari surdi. Bu taklifni parlamentda son jihatidan ikkinchi bo‘lgan "Tsarukyan" o‘ng markaz bloki fraksiyasi qo‘llab-quvvatladi. Bunday kuchlar taqsimlovi nomzodga birinchi turdayoq saylanishni ta'minlab beradi, deyishmoqda kuzatuvchilar.
Parlamentda payshanba kuni nomzodni muhokama qilish o‘tkazildi. "Yelk" radikal muxolif partiyalar bloki vakillari Sarkisyanga qarshi ovoz berishlarini ma'lum qilishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, nomzod Britaniya fuqaroligidan chiqqanini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan. Bu, muxolifatning fikricha, konstitutsiyaning buzilishi. Unga ko‘ra, prezidentlikka nomzod so‘nggi olti yilda faqat Armaniston fuqarosi bo‘lishi shart.
Sarkisyan g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, respublika mustaqillikka erishganidan beri to‘rtinchi va umumxalq ovoz berish yo‘li bilan emas, balki deputatlar tomonidan saylanadigan birinchi prezidentga aylanadi. Bu konstitutsiyaviy islohot bandlarida nazarda tutilgan, unga muvofiq mamlakat boshqaruvning parlamentlik shakliga o‘tmoqda.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026