Armaniston milliy yiğilişi hukmron Respublika partiyasidan nomzod Armen Sarkisyanni mamlakat prezidenti etib sayladi. Bu haqda «Novosti-Armeniya» xabar bermoqda.

Sarkisyan uçun 90 nafar parlamentariy öz ovozini bergan bölsa, qarşi – 10 nafar. Şu tariqa, Sarkisyan mamlakatning törtinçi prezidenti sifatida saylandi.

Ta'kidlanişiça, prezident mamlakat boşqaruvning parlamentlik şakliga ötganidan söng ilk marta deputatlar tomonidan saylandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston parlamentida birinçi marta prezidentlik saylovlari bölib ötişi xabar berilgandi.