Kanada TIV rahbari Xristya Frilandning ma'lum qilişiça, Kanada Amerika hukumati pölat va alyuminiyga import bojini joriy etmoqçi ekani tufayli javob çoralarini körişga tayyor.
Bu haqda NBC Kanada taşqi siyosat idorasi rahbari bayonotiga asosan xabar bermoqda.
«Kanada bilan savdoni AQŞ milliy xavfsizligiga tahdid sifatida baholaş kerak emas… Kanadaning pölat va alyuminiydan bölgan mahsulotiga istalgan çeklovlar joriy etilsa, mamlakat öz savdo manfaatlari hamda işçilarini himoya qiliş uçun javob çoralarini köradi», - deya körsatilgan hujjat matnida.
Bayonotda ta'kidlanişiça, Amerikaning çeklovlari «har ikki davlat» işçilari va biznesiga zarar yetkazadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ pölat va alyuminiy importiga boj joriy etayotgani xabar berilgandi.












