“Çegara bilmas şifokorlar” (MSF, fr. Médecins sans frontières) taşkiloti Damaşq yaqinidagi Şarqiy Ğutada 18 fevraldan 27 fevralgaça tinç aholi orasidan 770 dan köproq kişi halok bölgani va 4050 kişi yaralanganini ma'lum qildi. 

Taşkilotning bayonotida aytilişiça, oxirgi ikki kun davomida Şarqiy Ğuta öqqa tutilişi davom etmoqda.

“Bizga ma'lum bölişiça, hududdan tibbiy evakuatsiya ötkazilmagan”, deyilgan taşkilotda va hududga gumanitar yetkazmalar ham amalga oşirilmagani qöşimça qilingan.

Taşkilot tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi tibbiy muassasa uç marta öqqa tutilgan. Oxirgi öqqa tutiş vaqtida bir tibbiy xodim yaralangan. Umumiy hisobda, taşkilot bilan boğliq bölgan 20 ta obektdan 15 tasi öqqa tutilgan.

Şarqiy Ğutada jiddiy gumanitar vaziyat yuzaga kelgan, jangarilar tinç aholining hududdan çiqib ketişiga yöl qöymayapti, gumanitar yuklar yetkazilişi va yaradorlar olib çiqilişiga tösqinlik qilmoqda. BMT Xavfsizlik kengaşi qarama-qarşi tomonlardan butun Suriya böylab kamida 30 kunga töqnaşuvlarni töxtatişi va gumanitar tanaffusni ta'minlaşini talab qiluvçi rezolyutsiyani qabul qilganiga qaramasdan, töqnaşuvlar töxtamayapti.