BMTda Şarqiy Ğutada Suriya hukumat kuçlari harbiy amaliyotni boşlagandan keyin neça kişi halok bölgani va jarohatlangani hisoblab çiqildi. BMT ma'lumotlariga köra, 18 fevralda boşlangan jangovar harakatlar natijasida 2 hafta içida 600 ga yaqin kişi halok bölgan, 2 ming kişi yaralangan. Bu haqda BMTning Suriyadagi inqiroz böyiça gumanitar yordami koordinatori Panos Moumtsis ma'lum qilgan. 

Bu odamlar orasida önlab oddiy fuqarolar bor. BMT vakilining ma'lum qilişiça, ularning barçasi Şarqiy Ğutadan Damaşq tomon havo va yerdan zarbalar beriş natijasida jabr körişgan. Moumtsis bu vaziyatni “çidab bölmas” deb atagan.

“Biz bu yerda juda zarur bölgan öt oçişni töxtatiş amal qilişi boşlanişi örniga harbiy harakatlar köpayotgani, köp miqdorda ölimlar va oçarçilik haqida xavotirli xabarlar köpayotgani hamda şifoxonalar bombardimon qilinayotganini kuzatmoqdamiz”, deb aytgan Moumtsis. U bölib ötayotgan voqealarni tinç aholining “ommaviy jazolanişi” deb atagan.

2012 yildan beri Suriyaning muxolif va radikal guruhlari tomondan uşlab turilgan Şarqiy Ğutada 18 fevralda Suriya hukumat kuçlarining harbiy operatsiyasi boşlandi. Şu kuni hudud ommaviy raketa, artilleriya hamda havo hujumlariga uçragan.