Suriyaning Duma şahrida, isyonçi kuçlar nazorati ostida bölgan Şarqiy Ğuta hududida gaz qöllandi. Qutqaruvçilar va şifokorlarga asoslanib «Bi-Bi-Si» bergan xabarga köra kimyoviy hujum oqibatida 70 kişi halok bölgan.
Köngillilarning «Oq kaskalilar» guruhi yortöladagi jasadlar suratlarini namoyiş etişgan. Qurbonlar soni ortişi mumkinligi aytilmoqda.
Hozirça bu ma'lumot tasdiqlanmadi.
Şu bilan bir vaqtda AQŞ Davlat departamenti ehtimoliy hujum uçun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yuklamoqda.
«Suriya rejimi öz xalqiga kimyoviy qurol qöllab barçaga ayon. Suriya prezidenti Başar Asadni qöllab kelayotgan Rossiya ham uşbu noinsoniylik uçun javobgar.
Qöşma Ştatlar Rossiyani Suriyani qöllaşni zudlik bilan töxtatişga va kelgusida yana şunday voqealar röy berişi oldini oliş uçun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilişga çaqiradi», — deyilgan Davlat departamenti xabarida.














