Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘ylarni ixchamlashtirishda Navoiy tajribasi ilgari suriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parrandachilikka ixtisoslashgan yiliga 960 mingta jo‘ja yetishtiriladigan Karmana tumanidagi “Karmana Golden Eggs” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishish chog‘ida korxona rahbariyatiga har bir xonadonga mablag‘ini tuxum bilan qaytarish sharti bilan 50 boshdan parranda tarqatish taklifini berdi.
Shuningdek, KUN.UZ’ga ma'lum bo‘lishicha, 2018 yilda Navoiy viloyatida 32 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Prezident raisligida Xatirchi tumanida Navoiy viloyati faollari va mutasaddi rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bu haqida aytildi.
Navoiy viloyatining boy iqtisodiy imkoniyatlaridan keng foydalangan holda bu yil viloyatda 32 mingta ish o‘rni yaratilishiga topshiriq berildi. Shuningdek, viloyatda suv havzalari ko‘pligi, boy tajriba nazarda tutilgan holda 20 ming tonna baliq yetishtirilishi bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi. Bu orqali odamlarning baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Ayniqsa, intensiv baliqchilikka investitsiyalar kiritish lozimligi aytildi.
Prezident tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda tumanning cho‘l hududlari imkoniyatlaridan foydalanib pista plantatsiyalarini tashkil etish, tabobatda keng foydalaniladigan kovrak, isiriq yetishtirishni keng yo‘lga qo‘yish, shuningdek 150 ming gektar maydonga saksovulzor tashkil etish topshirig‘i berildi. Shundan kelib chiqib, Nurota tumanida davlat o‘rmon xo‘jaligini tashkil etish lozimligi qayd etib o‘tildi. Cho‘l hududlarida gidroponika usulida issiqxonalar qilish taklifi ilgari surilib, viloyatda cho‘l bo‘yicha ilmiy markaz ham tashkil etilishi ta'kidlandi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Karmana tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Ibrohim G‘afforovga erishgan yutuqlari va faolligi, g‘ayrati, shijoati uchun Davlatimiz rahbari tomonidan “Mard o‘g‘lon” mukofoti berilishi e'tirof etildi.
Xatirchi tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kim o‘zarga o‘tkazilayotgan to‘ylar adolatsizlikka sabab bo‘layotgani ta'kidlandi. Shu bois, to‘ylarni ixchamlashtirishni Navoiy viloyati tajriba tariqasida boshlab berishi ilgari surildi. To‘ylarga rahbarlar, kattalar borishi maqsadga muvofiq emasligi, to‘y yoshlarniki ekanligi, to‘ylarni qisqartirish bo‘yicha davlatimiz tomonidan alohida chora-tadbirlar belgilanayotganligi qayd etib o‘tildi.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026