Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya mayiz olish va eksport qilish bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda, O‘zbekiston 6-o‘rinda
Turkiya mayiz olish va eksport qilish bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. Turkiyaning Egey viloyati quruq mevalar va sabzavotlar eksportchilari ittifoqining oxirgi 10 yilgi statistikasining darak berishicha, Turkiya har yili 270 tonna mayiz oladi, undan 230 ming tonnasini eksport qiladi.
1939 yilda tashkil topgan ittifoq turk mayizining 99 foizini eksport qiladi.
Ittifoq ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiyaga dunyo bo‘yicha mayiz olishning 27 foizi to‘g‘ri keladi. Mayiz oluvchi 2-raqamli davlat AQSh (24 foiz), 3-raqamli davlat Xitoy (15 foiz) hisoblanadi, so‘ngra Italiya (11 foiz), Eron (7 foiz), O‘zbekiston, Gretsiya va JAR (4 foizdan) keladi.
Turkiya o‘z mayizining 85-90 foizini 110 ta davlatga eksport qiladi. Turk mayizini import qiluvchi asosiy davlatlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Fransiya, Avstriya, Kanada, Belgiya, Ispaniya va Polsha hisoblanadi.
Turk mayizi eksportining 85 foizi Yevropa Ittifoqi davlatlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026